Portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda. Nashrga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) portugaliyalik murabbiy qo‘ygan ayrim shartlarni bajara olmagan.
Manbaga ko‘ra, Paulu Bentu shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun Toshkentga tashrif buyurgan, biroq O‘FA tomonidan taqdim etilgan taklif uning talablariga mos kelmagan. Shu bois, u rad javobini berib, vataniga qaytib ketgan. “Daryo” manbasining qo‘shimcha qilishicha, mutaxassisning taklifni rad etishiga asosiy sabab shartnoma muddatida bo‘lgan. Bentu kamida 2 yillik bitim imzolamoqchi ekanligini ma’lum qilgan, O‘FA esa bundan qisqaroq muddatli shartnoma taklif qilgan.
Shuningdek, Paulu Bentuga boshqa jamoalardan ham qiziqish bo‘layotgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya A Seriyasining hozircha nomi oshkor qilinmagan klubi murabbiy bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, portugaliyalik mutaxassis faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Paulu Bentuning so‘nggi ish joyi Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) terma jamoasi edi. U 2025-yil mart oyida jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli lavozimidan ozoq qilingan.








