Daryo

Vitaliy Denisov: “Asosiy vazifa bajarildi, endi yangi marralarni zabt  etish kerak”

O‘zbekistonlik himoyachi terma jamoaning mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish6 156 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov terma jamoaning tarixiy natijasi — ilk bor Jahon chempionatiga chiqishi haqida fikr bildirdi.

Foto: RPL

Hech shubhasiz, Toshkent o‘sha tun hayajon va quvonchga to‘ldi. Musulmonlar uchun muhim bayram bo‘lishiga qaramay, odamlar ko‘chalarda sayr qilib, nafaqat bayramni, balki mundial yo‘llanmasini ham nishonlashdi. Internet portlab ketgandek edi. Eng muhim vazifa bajarildi, endi esa bunga to‘xtab qolmasdan, yangi marralarni ko‘zlash va yanada oldinga intilish kerak, dedi Denisov “VseProSport” nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichi 9-turida Birlashgan Arab Amirliklari bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi va mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Temur Kapadze jamoasi navbatdagi o‘yinni 10-iyun kuni o‘tkazadi. “Oq bo‘rilar” Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Qatarni qabul qiladi. Bellashuv 18:45 da boshlanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar