Daryo

Joze Mourinyo Rossiya klubini boshqarishi mumkin

Portugaliyalik mutaxassis yiliga 20 mln yevro maosh talab qilmoqda

1 daqiqa o‘qish1 289 ko‘rishlar0 izoh0

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo Rossiya jamoalaridan birini boshqarishi mumkin. Championat nashri xabariga ko‘ra, mutaxassis va hozircha nomi oshkor etilmagan klub o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Mourinyo bir mavsum uchun 20 million yevro talab qilmoqda. Shuningdek, u kamida ikki yillik shartnoma tuzish istagida. Rossiya tomoni esa bu talablarni qondirishga tayyor. Agar kelishuv amalga oshsa, Mourinyo Rossiya Premyer Ligasining eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi.

Shuningdek, Jozening nomi Angliyaning “Nottingem Forest” va “Vest Hem” klublari bilan ham bog‘lanmoqda. Biroq Rossiya chempionatiga o‘tish varianti hozircha murabbiy uchun nafaqat moliyaviy, balki sport nuqtayi nazaridan ham eng jozibali taklif sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, Mourinyo 29-avgust kuni “Fenerbahche” bosh murabbiyi lavozimidan ketgan edi. U 2024/25-yilgi mavsum boshidan buyon Istanbul klubini boshqargan va yiliga 15 million yevro maosh olgan.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo faoliyati davomida “Real Madrid”, “Chelsi”, “Inter”, “Portu”, “Tottenhem” hamda “Roma” kabi top klublarda ishlagan va bir necha yirik sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar