Natijalarga koʻra, aholining asosiy qismi Mustaqillik bayramini oʻzgacha tuygʻu bilan kutib oladi. Xususan, 97 foiz fuqarolar mamlakat uchun faxrlanadi.
Oʻz navbatida 87,6 foiz soʻralganlar bayramona, quvnoq kayfiyatdaligini bildirgan. 84,7 foiz ishtirokchilar Mustaqillik kunini xalqning yakdilligi bilan bogʻlaydi.
Aholining 95,5 foizi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ekanidan faxrlanadi.
“79,1 foiz fuqarolarning qayd etishicha, soʻnggi yillarda ularning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarish va hayotiy maqsadlarga erishish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi”, deyiladi manbada.
Markaz tahlilida 97,8 foiz respondent Oʻzbekistonni kuchli va farovon, 88,9 foizi tinch va mustahkam davlat sifatida koʻrishi qayd etilgan. Yana 85,3 foizi maʼnaviy boy va madaniyatli, 81,9 foizi zamonaviy va innovatsion mamlakat sifatida biladi.
Maʼlumot uchun, 2025-yil 28-avgust kuni respublikaning doimiy aholisi soni 38 million nafardan oshdi. Shundan 19,1 million nafarini erkaklar, 18,9 million nafarini ayollar tashkil etadi.








