Qarorga ko‘ra, 2026-yildan boshlab ijtimoiy masalalarga oid loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda, tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.
Loyihalar sheriklik asosida moliyalashtirilganda ovoz berishda ishtirok etmagan holda gʻolib deb topiladi va tegishli mahallalarga tanaffus berish amaliyoti qoʻllanmaydi.
Shuningdek, 2025-yil 1-oktyabrga qadar “Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning interaktiv xaritasi ishga tushiriladi.







