Daryo

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tyanszin shahriga keldi

“Binxay” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini XXR transport vaziri Lyu Vey va boshqa rasmiylar kutib oldi.

1 daqiqa o‘qish1 120 ko‘rishlar0 izoh3
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Tyanszin shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 “Binxay” xalqaro aeroportida samolyot oldida davlatimiz rahbarini XXR transport vaziri Lyu Vey va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi 31-avgust – 1-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT+” formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari suradi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar