Joriy yil I yarmida kompaniya umumiy daromadlari 21,2 trln soʻm boʻldi. Bu 2024-yil yil mos davridagidan (23,4 trln soʻm) 9,5 foizga kam.
Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilingan moliyaviy hisobotlarga ko‘ra, yarim yilda UzAuto Motors sof foyda 1,38 trln soʻmni tashkil etgan. Mazkur raqam oʻtgan yil mos davriga nisbatan (1,91 trln soʻm) 27,5 foizga qisqargan.
Hisobot davrida xarajatlar taxminan o‘tgan yil darajasida qolgan — 2,33 trln so‘m (-2,2 foiz). Bunda sotish xarajatlari 645 mlrd so‘m (-4,2 foiz), ma’muriy xarajatlar 755,6 mlrd so‘m (-4,6 foiz), boshqa operatsion xarajatlar 935,4 mlrd so‘mni (+1,1 foiz) tashkil etgan.Kompaniyaning Oʻzbekiston bozoridagi ulushi ham 90,2 foizdan 82,2 foizgacha pasaygan.
Kompanyaning I chorakdagi jami tushumlari 9,7 trln so‘mni tashkil etgandi. Bu miqdor o‘tgan yil mos davridagiga (11,7 trln so‘m) nisbatan 17 foizga kam bo‘lgan. Hisobot davrida kompaniya 637 mlrd so‘m sof foyda olgan. Mazkur ko‘rsatkich 2024-yil I choragidagi summadan (1,3 trillion so‘m) ikki baravar qisqargan.
Avvalroq e’lon qilingan prezident qarorida UzAutoMotors kompaniyasi 2026-yil I choragida sotuvga chiqarilishi belgilangan.








