Daryo

Asakada ikki kishini ayovsiz kaltaklaganlar ozodlikni cheklash bilan jazolandi

Jabrlanuvchilar sudlanuvchilarga nisbatan hech qanday daʼvolari yoʻqligi, ularni ozodlikdan mahrum qilmaslikni soʻragan.

1 daqiqa o‘qish1 014 ko‘rishlar0 izoh2

Bugun, 28-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda aslida joriy yil 8-iyun kuni Asaka tumanida roʻy bergan holat tasvirlangan video tarqaldi. Oliy sud jinoyat ishi sudda koʻrib chiqilib, 27-avgust kuni sud hukmi eʼlon qilinganini bildirdi.

Videoda 22, 23 va 24 yoshli yigitlar ikki kishini qattiq kaltaklagani aks etgan. Kaltaklanganlardan biri yengil, ikkinchisi ogʻir tan jarohati olgan.

“Jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchilar B. R. va D. X. sudga ariza taqdim qilib, sudlanuvchilarga nisbatan hech qanday daʼvolari yoʻqligini hamda ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlashni soʻragan”, deyiladi Oliy sud xabarida.

​Qayd etilishicha, sud sudlanuvchilar oʻz aybiga iqror va qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi hamda yoshligini inobatga olgan. Jabrlanuvchilarning sudlanuvchilarga nisbatan moddiy va maʼnaviy zararlar yuzasidan daʼvolari yoʻqligi, sudlanuvchilar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni toʻliq qoplagani ham eʼtiborga olingan.

Shu tariqa jinoyat ishlari boʻyicha Asaka tuman sudi tomonidan sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topilgan. Ularning har biriga mazkur modda sanksiyasida mavjud boʻlgan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar