Daryo

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi (foto)

Davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari kutib oldi

1 daqiqa o‘qish13 210 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkmanboshi shahri aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon–Turkmaniston–O‘zbekiston formatidagi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

4-avgust kuni ham prezident ushbu mamlakatga amaliy tashrif bilan borgan edi. 5-avgust kuni Turkmanistonda BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha 3-konferensiyasi o‘tkazilgandi. Anjuman doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadovning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar