Daryo

Uchta “respublikachi shtat” poytaxt Vashingtonga qo‘shin yuboradi

Tramp ma’muriyati Kolumbiya okrugida politsiya ustidan bevosita nazoratni kuchaytirishga intilmoqda. Prezidentning favqulodda farmoni bilan federal hukumatning poytaxtdagi vakolatlari kengaytirildi

1 daqiqa o‘qish5 797 ko‘rishlar0 izoh0

Qo‘shma Shtatlarning respublikachilar boshqaruvidagi uchta shtati o‘z ixtiyoridagi Milliy gvardiya askarlarini Vashingtonga yuborishini e’lon qildi. Gap G‘arbiy Virjiniya, Janubiy Karolina va Ogayo haqida bormoqda.

Milliy Gvardiya xodimi Vashingtonning Linkoln yodgorligi oldida
 
Foto: Kevin Dietsch/Getty Images

Mazkur qaror prezident Donald Tramp ma’muriyatining poytaxtda jinoyatchilik va uysizlikka qarshi federal choralarni kuchaytirish tashabbusi doirasida qabul qilindi. Jumladan, G‘arbiy Virjiniya gubernatori Patrik Morrisey 300–400 nafar gvardiyachi Vashingtonga yuborilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u federal hukumatning “poytaxtda tartib va osoyishtalikni tiklash” harakatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Janubiy Karolina gubernatori Genri Makmaster esa 200 nafar askarni safarbar qilishga ruxsat berdi. Biroq ular tabiiy ofat sodir bo‘lgan taqdirda chaqirib olinishi mumkin. Ogayo gubernatori Mayk Devayn bu uchun 150 nafar harbiy politsiyani yuborilishini tasdiqladi.

Ular Pentagon topshirig‘iga binoan tez orada yetib kelishi kutilmoqda. Mazkur kontingent Kolumbiya okrugi Milliy gvardiyasining 800 nafar xodimi va federal huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda jamoat tartibini saqlashi aytilmoqda. 

National Guard troops told to maintain presence near National Mall as part  of Trump's anti-crime mission - ABC News

Norozilik namoyishlari

Trampning qaroriga javoban poytaxtda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ommaviy aksiya qatnashchilaridan biri Morgan Teylor Oq uyning jinoyatchilikni jilovlash va immigratsiya siyosatidan keskin norozi ekanini ma’lum qildi. Mahalliy aholi jinoyatchilik darajasi kamaygan bir vaqtda bunday choralarni “ortiqcha va asossiz” deb baholamoqda. 

Tramp ma’muriyati Kolumbiya okrugida politsiya ustidan bevosita nazoratni kuchaytirishga intilmoqda. Prezidentning favqulodda farmoniga ko‘ra, mahalliy ma’muriyat “jamoat tartibini ta’minlay olmagani” uchun federal hukumat poytaxtda o‘z xodimlarini himoya qilish choralarini ko‘radi.

Biroq shahar rahbariyati va aholisi federal organlar vakolatlarining kengaytirilishini xavotir bilan qabul qildi. Jumladan poytaxt meri Myuriel Bouser “bu o‘zini-o‘zi boshqarish uchun eng katta sinov” ekanini ta’kidlab, Vashington aholisi “demokratiya uchun kurashda birlashishi zarurligi”ni ta’kidladi.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar