Daryo

“Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

Lula da Silva AQSH mamlakatga bosim o‘tkazayotganini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish4 197 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliya prezidenti Luis Inasio Lula da Silva AQSH prezidenti Donald Trampning ikki davlat o‘rtasidagi savdo balansiga oid bayonotlarini rad etdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu

Bu haqda Braziliya prezidenti San-Pauloda yangi biznes ochilish marosimida so‘zlagan. U Trampning “Braziliya bilan katta savdo taqchilligi mavjud” degan da’vosini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb baholadi. Lula da Silvaga ko‘ra, rasmiy ma’lumotlarga asoslansa, AQSH Braziliya bilan savdoda ijobiy balansga ega.

“Biz AQSH bilan nojo‘ya keskinlikni boshdan kechiryapmiz. Tramp Braziliya haqida bunchalik yolg‘on gapirishini qabul qila olmayman”, dedi u.

Lula shuningdek, Trampning Braziliya tovarlariga 50 foizlik boj joriy etishini keskin tanqid qilgan:

“Braziliya hurmatga loyiq davlat. Qo‘shma Shtatlar prezidenti mamlakatimizni yomon savdo hamkori deb baholashga haqli emas. Braziliya yaxshi davlat, yagona farq shundaki, biz AQSH hukumatiga tiz cho‘kmaymiz”.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 87 milliard dollarga yetgan. Shundan 47 milliard dollarlik mahsulotni AQSH Braziliyaga eksport qilgan, Braziliya esa Vashingtonga 40 milliard dollarlik mahsulot sotgan. So‘nggi 15 yilda Qo‘shma Shtatlar ushbu mamlakat bilan savdoda jami 410 milliard dollarlik ijobiy balansga erishgan.

Lula da Silva global savdoda tenglik va ko‘p tomonlamalilikni tiklash uchun kurashishini ham ta’kidlamoqda:

“Katta davlat kichik davlatni bosim ostiga qo‘yar ekan, adolatli savdo bo‘lishi mumkin emas”

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar