Daryo

O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

Mutaxassis bu taklifni ko‘rib chiqish uchun O‘FAdan vaqt so‘ragan

1 daqiqa o‘qish18 032 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiyalik tajribali mutaxassis, 71 yoshli Fotih Terim O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Heber Merkezi nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) unga allaqachon rasmiy taklif yuborgan.

Foto: Sabah

Manbaga ko‘ra, Terim bu taklifni ko‘rib chiqish uchun O‘FAdan vaqt so‘ragan. Agar u rozilik bildirsa, 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida “oq bo‘rilar”ni turkiyalik mutaxassis boshqarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Fotih Terim Turkiya milliy terma jamoasi bilan Yevro-2008 va Yevro-2016 turnirlarida ishtirok etgan. U Istanbulning “Galatasaroy” klubi bilan UEFA Kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Fiorentina”, “Milan” va “Panatinaikos” klublarida ham murabbiylik qilgan. Biroq u Jahon chempionatlarida ishtirok etmagan.

O‘FA hozircha shartnoma muddati va maosh bo‘yicha tafsilotlarni oshkor qilgani yo‘q. Ammo Terim rozilik bildirsa, u darhol ish boshlaydi va terma jamoani 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FA germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov bilan ham muzokaralar olib borgan edi. Biroq Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish istagini bildirmagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar