Daryo

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi taklifini rad etdi — Bild

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham ishtirok etgan

1 daqiqa o‘qish12 828 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarmaydi. Bild nashrining xabariga ko‘ra, tajribali mutaxassis O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining taklifini rad etgan.

Foto: Bild

Avstriyaning oe24 nashri esa ushbu xabarga aniqlik kiritib, O‘FA Yoaxim Lyovni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash maqsadida “maxfiy muzokaralar” olib borganini ma’lum qilgan. Manbaga ko‘ra, ushbu muzokaralarda Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham ishtirok etgan. Bild nashrining yozishicha, 65 yoshli mutaxassis bir necha kun davomida taklif ustida jiddiy o‘ylab ko‘rgan, biroq yakunda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining taklifini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, Yoaxim Lyov 2006-yildan 2021-yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning boshqaruvidagi “nemis mashinasi” 2014-yilda Braziliyada o‘tgan Jahon chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar