Daryo

Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlashi mumkin

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 64 yoshli mutaxassis bilan muzokara olib bormoqda

1 daqiqa o‘qish8 040 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan, Germaniyaning footboom.de portali xabar bermoqda.

Foto: Footboom1

Manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 64 yoshli mutaxassis bilan muzokaralarni boshlagan. Agar muzokaralar ijobiy yakunlansa, Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabida maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.

Yoaxim Lyovning O‘zbekiston milliy terma jamoasida ishlash ehtimoli yuqori baholanmoqda. Sababi, jamoa ilk bor 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Musobaqada munosib natijaga erishish uchun tajribali mutaxassislar yordami zarur deb hisoblanmoqda.

Ma’lumot uchun, Lyov 2006-yildan 2021-yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqargan. U murabbiylik faoliyati davomida 2014-yilda Braziliyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida jamoasiga chempionlikni qo‘lga kirtishida yordam bergan. 2017-yilda esa “nemis mashinasi” bilan Konfederatsiyalar Kubogida zafar quchgan. Lyov 2021-yilda Germaniya terma jamoasidan ketganidan buyon hech bir klub yoki terma jamoani boshqargani yo‘q.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar