Daryo

Abbosbek Fayzullayev transferi qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik futbolchi Anqarada tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan

1 daqiqa o‘qish12 406 ko‘rishlar0 izoh0

“SSKA” yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Turkiya poytaxti Anqarada tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va uning “Istanbul Bashakshehir” klubiga transferi hafta oxirigacha rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Bombardir nashri xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Abbosbek Fayzullayev Istanbulda tibbiy ko‘rikdan muammosiz o‘tdi. Yaqin kunlarda “Bashakshehir” klubi “SSKA”ga 7,5 million yevro miqdoridagi transfer summasini to‘liq ko‘rinishda to‘lab beradi. Moskva klubi ushbu mablag‘ni olgach, tomonlar transfer hujjatlarini imzolaydi va shundan so‘ng turk klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma tuzadi, — deydi manba.

Hozircha tomonlar o‘rtasida og‘zaki ravishda uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishuv mavjud. Manbaga ko‘ra, bitim 99 foizga yakunlangan. Agar barcha hujjatlar belgilangan muddatda rasmiylashtirilsa, Fayzullayev transferi hafta oxirigacha rasman e’lon qilinadi.

21 yoshli o‘zbekistonlik yarim himoyachi o‘tgan mavsum “armiyachilar” safida 39 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 8 ta assist muallifiga aylangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev 2023-yil avgust oyida “SSKA”ga qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar