Daryo

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 34 darajagacha tushadi 

Chorshanba kuni haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish6 141 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida havo nisbatan salqinlashadi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

11—12-avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan 38-40 daraja, janubda 42 darajagacha bo‘ladi. Faqat shimoli-g‘arbiy viloyatlarda va cho‘l hududlarda ertaga kunduzi harorat 2-3 darajaga pasayadi.

13-avgust, chorshanba kuni haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat 34-37 darajagacha, faqat eng chekka janubda 40 darajagacha pasayadi.

Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 11—12-avgustda 38-40 daraja, 13-avgustda 36-38 daraja, 14—15-avgustda 34-37 daraja bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar