Daryo

Rasman. Son Hyon Min — “Los Anjeles” futbolchisi

Janubiy koreyalik hujumchi rekord summa evaziga AQSH klubiga transfer qilindi

1 daqiqa o‘qish9 976 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy koreyalik hujumchi Son Hyon Min faoliyatini AQShning “Los-Anjeles” jamoasida davom ettiradi. Klub futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Foto: Instagram

Son Hyon Minning Angliyaning “Tottenhem” klubidan MLSga o‘tishi Amerika futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “shporlar” hujumchini 25 million dollar evaziga transfer qilgan. Bu summa MLS klublari tomonidan futbolchi uchun to‘langan eng katta mablag‘ hisoblanadi.

Son 2015-yildan beri “Tottenhem” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U 10 yil davomida London klubi tarkibida jami 454 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 173 ta gol va 101 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

MLSning G‘arbiy konferensiyasida ishtirok etayotgan “Los-Anjeles” hozirda 36 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Sonning kelishi jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishi va chempionlik poygasida muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar