Daryo

“Tottenhem” Son Hyon Min bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda

Futbolchiga AQSH chempionatidan jiddiy taklif bor

1 daqiqa o‘qish5 084 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy koreyalik hujumchi Son Hyon Min yozgi transfer oynasida “Tottenhem” klubini tark etishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri jurnalisti Pol Tenorio xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchini AQShning MLS ligasida ishtirok etayotgan “Los-Anjeles” klubi o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Hozircha hech qanday kelishuvga erishilmagan, biroq tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Qayd etilishicha, Son Hyon Minning sobiq jamoadoshi — darvozabon Ugo Lloris aynan shu jamoada to‘p surmoqda. Ushbu omil futbolchining transferini amalga oshirish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

Avvalroq Buyuk Britaniya matbuotida “Tottenhem” rahbariyati jamoa sardorining shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olib, uni transfer qilish orqali daromad olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Son Hyon Min barcha musobaqalar doirasida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar