Daryo

Son Hyon Minning akasi va otasi jarimaga tortildi

Futbolchining akasi bolalardan birini maydon burchagidagi bayroqcha bilan urgan

1 daqiqa o‘qish9 452 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreyaning Chunchon viloyat sudi “Tottenhem” klubi futbolchisi Son Hyon Minning otasi va ukasini bolalarga zo‘ravonlik qilganlikda ayblab, jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda “Yonhap” axborot agentligi.

Foto: Yonhap

Futbolchining otasi Son Vun Chon bolalar futbol akademiyasini boshqaradi. Futbolchilardan birining ota-onasi mart oyida politsiyaga murojaat qilib, Son Vun Chon va uning o‘g‘li Son Hyon Yon va boshqa murabbiylarni farzandlarini haqorat qilgani va jismoniy kuch ishlatganlikda ayblagan.

Qayd etilishicha, “Tottenhem” futbolchisining akasi yosh futbolchining soniga maydon burchagida turadigan bayroq bilan zarba bergan, shundan so‘ng bolaning tiklanishi uchun ikki hafta kerak bo‘lgan.

Ularning har biri 2,2 ming dollardan jarimaga tortildi. Son Hyon Minning otasi o‘ziga va yordamchilariga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar