Daryo

MIB tarixida eng yirik aliment: Nukusda ota 2,2 mlrd so‘m to‘ladi

U 13 yillik alimentni bittada to‘lab bergan

1 daqiqa o‘qish12 516 ko‘rishlar0 izoh0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ota farzandining 18 yoshiga qadar to‘lashi kerak bo‘lgan alimentini oldindan qoplab berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: MIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.B.dan uning sobiq turmush o‘rtog‘ining foydasiga bir nafar farzandining taʼminoti uchun u voyaga yetguniga qadar aliment undirish belgilangan.

Qarzdor ota Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limiga kelib, farzandi 18 yoshgacha to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirgan.

Taʼkidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 808-sonli qaroriga muvofiq farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lashi mumkin. Ushbu fuqaroning kelgusi 13 yil davomida to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullari 2 milliard 270 million 812 ming so‘mni tashkil etgan.

Shundan so‘ng, ayol MIB Nukus shahar bo‘limiga kelib, hisoblab chiqilgan 2 milliard so‘mdan ortiq aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘idan olganini maʼlum qilgan.

“Ushbu aliment uchun to‘langan summa byuro tarixida hozircha eng yirik miqdordagi to‘lov bo‘lib qolmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Andijonda alimentdan qochib yurgan erkakni ushlash uchun “romantik uchrashuv” uyushtirilgani to‘g‘risida xabar qilingandi. U 59 million so‘mlik alimentni to‘lamay qochib yurgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar