Daryo

“PSJ” YCHL finaldagi tartibsizliklar uchun jarimaga tortildi

Jarima qo‘llanishiga 3 ta holat sabab bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish6 561 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga Chempionlar Ligasi finalida muxlislar tomonidan yo‘l qo‘yilgan tartibsizliklar sabab jarima qo‘lladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Foto: UEFA

Ma’lum qilinishicha, UEFA “PSJ” klubiga jami 148 ming yevro miqdorida jarima belgilagan. Jarima qo‘llanishiga bir nechta holatlar — muxlislarning maydonga tushib ketishi, pirotexnika vositalaridan foydalanish hamda tribunadan begona buyumlar uloqtirilishi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, UEFA qaroriga ko‘ra, Parij klubining muxlislari navbatdagi Yevrokuboklaridagi safar uchrashuvlari uchun chiptalar xarid qilish huquqidan mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi finalida “Pari Sen-Jermen” Italiyaning nomdor klubi — “Inter” ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir g‘olibiga aylangandi. Bu parijliklar tarixidagi ilk YCHL g‘olibligi hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, “PSJ” ushbu mavsumda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, Fransiya chempionligi, kubogi va Superkubogida zafar quchib, bir mavsum ichida 4 ta kubok yutgan birinchi fransuz jamoasiga aylandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar