Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi 100 so‘mdan ko‘proq ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning 1-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi

1 daqiqa o‘qish25 626 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 100,85 so‘mga ko‘tarilib, 12 692,42 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 34,54 so‘mga pastlab, 14 511,24 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 4,62 so‘mga ko‘tarilib, 158,44 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi 4 kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 591,57 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar