Daryo

Avgust oyida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Oy quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanib, uchinchi o‘n kunlikda harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish13 614 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 2025-yil avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, oyning katta qismida harorat asosan kunduzi 34-37 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-41 darajagacha bo‘ladi. Qayd etilishicha, bunday harorat yoz fasli uchun juda qulay bo‘lib, u avgust oyidagi o‘rtacha yillik qiymatlarga yaqindir.

Kechalari harorat asosan 18-23 daraja bo‘ladi. Uchinchi o‘n kunlikda harorat kechalari asta-sekin 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha, janubda 36-38 darajagacha pasayadi.

Avgust oyi asosan quruq bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida oy davomida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.

O‘zbekistonda avgust oyi odatda qanday kechgan?

O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga past bo‘ladi. Ammo shunga qaramay, avgust hali ham juda issiq oy hisoblanadi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha davri uchun 2021-yilning avgust oyi eng iliq, 1912-yilning avgust oyi esa eng sovuq bo‘lgan. Hududning katta qismida o‘rtacha maksimal harorat 35-37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 darajani tashkil etadi.

Mamlakat hududining katta qismida avgust oyida havo harorati biror marta ham 40,0 darajadan ko‘tarilmagan, faqat janubda va cho‘l hududlarda ayrim kunlarda havo 41-42 darajagacha isigan yillar ham kuzatilgan. So‘nggi 10 yil ichida bunday avgust oylari 2020 va 2022-yillarda qayd etilgan.

O‘zbekistonda avgust yilning eng quruq oyi hisoblanadi. Yomg‘ir juda kamdan kam hollarda, tekislik hududlarning katta qismida o‘rtacha 1 kundan 3 kungacha biroz yog‘adi va o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik miqdori 1-2 mm dan, Farg‘ona vodiysida 3-5 mm dan ko‘p bo‘lmaydi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir tez-tez yog‘adi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar