Daryo

Yevropa Ittifoqi Temu’ni noqonuniy va xavfli mahsulotlar sotishda aybladi

2023-yilda Yevropa Ittifoqi bozoriga kirgan Temu blokning 27 mamlakatida oyiga o‘rtacha 93,7 mln faol foydalanuvchini jalb qilgan

1 daqiqa o‘qish3 975 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa Ittifoqi Xitoyning Temu onlayn-platformasini raqamli qonunchilikni buzganlikda aybladi. Kompaniya iste’molchilarni noqonuniy va potensial xavfli mahsulotlardan yetarlicha himoya qilmayotgani ta’kidlandi.

Foto: CNN
“Yevropa Ittifoqidagi iste’molchilar platformada noqonuniy mahsulotlarga duch kelish xavfi yuqori ekani isbotlangan”, deya Yevropa komissiyasining dastlabki xulosasida qayd etilgan.

Shuningdek, hisobotda platformada xavfsiz bo‘lmagan tovarlarning muntazam mavjudligini aniqlagan maxfiy xaridor bilan o‘tkazilgan tajribaga ham ishora qilingan.

2023-yilda Yevropa Ittifoqi bozoriga kirgan Temu blokning 27 mamlakatida oyiga o‘rtacha 93,7 million faol foydalanuvchini jalb qildi.

Ta’kidlanishicha, shu bilan birga, Temu’ga qarshi eng yirik internet-kompaniyalar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan asosiy me’yoriy hujjat — Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun (DSA) doirasida rasmiy tergov davom etmoqda.

Agar qoidabuzarliklar tasdiqlansa, Temu global yillik aylanmasining 6 foizigacha jarima to‘lashi, shuningdek, qoidabuzarliklarni bartaraf etish va biznes amaliyotlarini to‘g‘rilash talablariga duch kelishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi (YI) 20-may kuni Temu va Shein kabi onlayn savdo platformalaridan keladigan kichik jo‘natmalar uchun 2 yevro soliq joriy etish rejasini e’lon qilgandi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Yevropa komissiyasi Xitoyning Temu onlayn savdo gigantiga nisbatan jarima tartibini ochgandi. Kompaniya Yevropa ittifoqining raqamli xizmatlar haqidagi qonunini buzganlikda gumon qilingandi

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar