Daryo

Yevrokomissiya Temu onlayn do‘konini jarimaga tortishi mumkin  

Tanqidchilar fikriga ko‘ra, ilova xaridorlar o‘rtasida qaramlikni keltirib chiqaradigan va ularni rejalashtirilmagan xarajatlarga undaydigan tarzda yaratilgan

1 daqiqa o‘qish10 340 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa komissiyasi Xitoyning Temu onlayn savdo gigantiga nisbatan jarima tartibini ochdi.

Foto: picture alliance

Bryusselda onlayn arzon tovarlar sotuvchi kompaniya Yevropa ittifoqining raqamli xizmatlar haqidagi qonunini buzganlikda gumon qilinmoqda.

“Gap soxta va xavfli mahsulotlar savdosi haqida ketmoqda”, deyiladi xabarda.

Jarayon davomida, xususan, Temu veb-saytining dizayni o‘rganiladi. Ilova tanqidchilarining fikriga ko‘ra, u xaridorlar o‘rtasida qaramlikni keltirib chiqaradigan va ularni rejalashtirilmagan xarajatlarga undaydigan tarzda yaratilgan.

Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Margret Vestager Xitoy kompaniyasini sotilayotgan mahsulotlar Yevropa ittifoqi standartlariga mos kelishi va iste’molchilarga zarar yetkazmasligini ta’minlashga chaqirgan.

Germaniya Iqtisodiy ishlar vazirligi, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uyushmalari ham Temu va arzon mahsulotlarni sotuvchi boshqa onlayn do‘konlarga, jumladan, Shein’ga nisbatan qattiqroq choralar ko‘rish tarafdori.

Temu Yevropa ittifoqi rasmiylari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qilgan.

  • Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun Yevropa ittifoqida 2023-yil avgust oyida kuchga kirgan. Ushbu qonun internet kompaniyalarni irqchilik, dori vositalari va qalbaki mahsulotlar savdosi, bolalar pornografiyasi va dezinformatsiya tarqalishiga qarshi kurashishni nazarda tutadi.

Agar qonun buzilishi isbotlansa, Yevrokomissiya yil davomida jahon savdo aylanmasining 6 foizigacha jarima solishi mumkin.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar