Daryo

Toshkent yerusti metrosining yana 6 ta bekati vaqtincha ishlamaydi

“Texnopark”—“Yangiobod” bekatlari oralig‘idagi bekatlar yopiladi

1 daqiqa o‘qish8 743 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent metrosining “Texnopark”—“Yangiobod” bekatlari oralig‘ida 2-avgustdan boshlab poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, quyidagi 6 ta bekatda metro poyezdlar harakati rejali profilaktik ishlar amalga oshirilishi sabab to‘xtatiladi:

  • “Texnopark”;
  • “Yashnobod”;
  • “Tuzel”;
  • “Olmos”;
  • “Rohat”;
  • “Yangiobod”.

Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida “Texnopark”—“Qipchoq”—“Texnopark” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

“Toshkent metropoliteni” “Texnopark”—“Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilgandi. 8-iyundan ikkita bekat – “Turon” (13-bekat) – “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatilgandi.  28-iyundan esa “Quruvchilar” (12-bekat) — “Yangiobod” (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatildi. Shunday qilib “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” yo‘li bekatlarining barchasi ishlamaydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar