Daryo

Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

AQSH prezidenti urush to‘xtamagan taqdirda, ikki davlat bilan savdo shartnomalarini muzlatib qo‘yishini aytgandi

1 daqiqa o‘qish5 305 ko‘rishlar0 izoh0

Tailand va Kamboja o‘rtasidagi qurolli mojarolar AQSH prezidenti Donald Tramp vositachiligiga qaramay, 3 kundan beri davom etmoqda. Hozirgacha kamida 33 kishi halok bo‘lib, 168 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Foto: Al Arabiya

Tramp 26-iyul kuni ijtimoiy tarmoqda Tailand va Kamboja rahbarlari bilan suhbatlashganini ma’lum qilib, agar urush to‘xtamasa, bu davlatlar bilan savdo shartnomalarini muzlatib qo‘yishini bildirgandi. Shundan so‘ng, har ikki tomon otashkesim bo‘yicha muzokaraga tayyorligini e’lon qilgan.

Kamboja bosh vaziri Xun Manet zudlik bilan shartsiz otashkesimga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan. Tailand esa prinsipial jihatdan bunga qo‘shilishini bildirgan bo‘lsa-da, Kambojaning “chin dildan” muzokaraga kirishishini talab qilgan.

Shunga qaramay, 27-iyul kuni ham janglar davom etmoqda. Tailand armiyasi vakili polkovnik Richa Suksovanontga ko‘ra, Kamboja harbiylari tongda Tailand hududiga o‘q uzib, tinch aholining uylari va qadimiy Ta Muen Thom ibodatxonasiga hujum qilgan. Tailand bunga artilleriya zarbalari bilan javob qaytargan.

“Trampning vositachilik harakatlari boshqa masala. Maydondagi janglar esa davom etaveradi. Qachonki Kamboja muzokaralarga rasmiy ravishda kirishsa, shunda o‘t ochishni to‘xtatish masalasiga o‘tiladi”, dedi polkovnik.

Kamboja Mudofaa vazirligi esa Tailandni ziddiyatni kuchaytirishda va xalqaro huquq bilan taqiqlangan klaster bombalardan foydalanishda ayblamoqda. Rasmiylar hujumlar tinch aholining o‘limiga va infratuzilmaning vayron bo‘lishiga olib kelganini bildirgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar