Daryo

“Hizbulloh”ni qurolsizlantirishga bo‘lgan urinishlar samara bermayapti – OAV

Bu qurol-yarog‘ faqat armiyada bo‘lishini istayotgan hukumat bilan keskinlikni kuchaytirmoqda

1 daqiqa o‘qish6 993 ko‘rishlar0 izoh0

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” harakati Livan parlamenti spikeri Nabih Berriga o‘z qurollarini topshirmasligini ma’lum qilgan. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi.

H
Hizbulloh eng yirik raketa arsenaliga ega nodavlat aktor hisoblanadi
Foto: Tehran Times

Telekanal manbalariga ko‘ra, guruh rahbariyati, hatto Isroil mamlakat janubidagi bahsli hududlardan chiqib ketgan taqdirda ham, o‘z qarorini o‘zgartirmaydi. Shu bilan birga, “Hizbulloh” hukumat bilan qarama-qarshilikka tayyor ekanini bildirgan.

Mazkur pozitsiya qurol-yarog‘larni faqat davlat nazoratida saqlashga harakat qilayotgan hukumat a’zolari tomonidan salbiy qarshi olindi. Ular “Hizbulloh” Isroil bilan urushda holdan toyganiga ishora qilib, bu “muammoni hal etish uchun boy berilgan imkoniyat” ekanini aytishgan.

Qo‘shma Shtatlar Livandagi yangi hokimiyatdan Hizbullohni qurolsizlantirish bo‘yicha chora ko‘rishni talab qilmoqda. AQSH maxsus vakili Tom Barrak shu hafta Livanga tashrif buyurib, harakatni qurolsizlantirishga qaratilgan yo‘l xaritasini muhokama qildi. 

F
AQSH maxsus vakili Tom Barrak Livan poytaxtida
Foto: MTV Lebanon

Livan prezidenti Jozef Aun esa maxsus vakilga “davlat nazoratini butun mamlakatga yoyish, qurolni faqat armiyada saqlash, urush yoki tinchlik bo‘yicha qarorlarni konstitutsion organlar qabul qilishini ta’minlash”ni nazarda tutuvchi memorandum loyihasini topshirdi.

“Hizbulloh” Isroil bilan urushda sezilarli darajada zaiflashdi. Kelishuvga ko‘ra, u Litani daryosining shimoliga chekinishi, janubda esa Livan armiyasi va BMT tinchlikparvar kuchlari qolishi kerak edi. Isroildan esa qo‘shinlarini to‘liq olib chiqish talab etilgan. Ammo yahudiy davlati vaqti-vaqti bilan Livanga zarba berib, harakat qo‘mondonlik zanjiridagi muhim shaxslarni nishonga olmoqda. 

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar