Daryo

Toshkent havosini ifloslantiruvchi zarralar 23-iyulda 6 baravar oshdi

Poytaxt havoning iflosligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi

1 daqiqa o‘qish2 933 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda 23-iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra havoda mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi salkam 6 baravar oshdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

IQAir portaliga ko‘ra, bu paytda havoda uning konsentratsiyasi JSST tavsiyasidan 5,8 barobar oshgan. Poytaxtning ayrim hududlarida havo sifati ta’sirchan kishilar uchun nosog‘lom darajada bo‘ldi. Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi. 

Foto: IQAir 

PM2,5  haqida

PM inglizcha Particulate Matter (zarra moddalar) so‘zining qisqartmasi. 2,5 — zarraning maksimal diametrini bildiradi. PM2,5 zarralari shunchalik kichikki, nafas olish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘pka va hatto qon aylanish tizimiga kirib borishi mumkin. Tarkibi qurilish changlari, avtomobil gazlari, metall oksidlar, sulfatlar, nitratlardan iborat bo‘ladi. PM2,5 ayniqsa bolalar, homilador ayollar va keksalar uchun xavfli.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar