Daryo

Yoqilgan mushuk, do‘ngalaklar, tanqiddagi “qora yumor” — Twitter’da nima gap?

“Daryo” shu kunlarda tarmoqda muhokama qilinayotgan mavzularga to‘xtaldi

2 daqiqa o‘qish2 800 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idan bugungi kunda 400 mingdan ortiq kishi foydalanadi. Bu mamlakatda ommabop ijtimoiy tarmoq bo‘lmasa-da, u yerda jurnalistlar, blogerlar va turli faol foydalanuvchilar qiziqarli mavzularni muhokama qiladi. “Daryo” shu kunlarda tarmoqda muhokama qilinayotgan mavzularga to‘xtaldi.

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov shoir Jamshid Akbarovning yangi ijodi bilan bo‘lishdi. “Bunday tinch yurtda yashash bir ne’mat” deb nomlangan she’rni ulashdi.

“Teshavoy aka” nomli akkaunt foydalanuvchisi stendap yo‘nalishida ijod qiladigan ijodkorning “qora yumor’ini tanqid qildi. Uning fikricha, bu yerda hech qanday kulgili narsa yo‘q. Qiziqchi amakivachchalarning turmush qurishi haqida xazil qilib, ularning farzandi nogironligidan bilib olish mumkinligini aytib o‘tgan.

“Tirik jonni yoqish — bu hazil emas. Bu odob-axloqdan emas, bu allaqachon ruhiy holatga doir tashxis”. Ekofaol Feruzbek Sayfullayev ko‘p qavatli uylar podyezdida ikki voyaga yetmagan bolalar mushukni yoqib yuborganini keskin tanqid qildi. Uy hayvonlariga e’tibor insoniylik mezonini belgilaydi. Ekofaolning qo‘shimcha qilishicha, holat qachon va qayerda yuz bergani aniqlanmoqda.

Xushnudbek Xudoyberdiyev do‘ngalaklar mavzusiga e’tibor qaratib, mahalla ichidagi keskin burilishlarda  ularning foydasi katta ekanini e’tirof etgan. 

“Daryo” nashri do‘ngalaklar haqida video tayyorlagan. Ushbu link orqali videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Akmal Khamraev nomli akkaunt egasi National Geographic telekanali Buxoro haqida ko‘rsatuv tayyorlash uchun viloyatda tasvirga olish ishlari jarayonidan fotosuratlar taqdim etdi.

Ushbu tarmoq dunyo bo‘ylab ham mashhur. Quyida shu kunlarda jahonda trendda bo‘lgan ba’zi mavzular yoritildi.

Devid Bekham umrida ilk bor omadsiz soch turmagiga ega bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, sportchining qo‘lidan soch olish mashinkasi sirg’alib chiqib ketgan.

Yaponiyada bosh vazir uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Yaponiyalik tarmoq foydalanuvchilaridan biri ushbu jarayonda qatnashgani haqida yozib qoldirdi.

X ijtimoiy tarmog‘ining turkiyalik foydalanuvchilari tomonidan #GazzeyiUnutma heshtegi ommalashmoqda. 

MMA muxlislari faoliyatini tugatgan Dastin Porye haqida iliq fikrlar bildirmoqda.

AQSHning Luiziana shtati, Nyu Orlean shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 318 turnirida sportchi faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazgan edi.

“Daryo” tarmoqdagi eng qiziqarli va kundalik mavzularni yoritishda davom etadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar