Daryo

Abbosbek Fayzullayev — “Bashakshehir” futbolchisi — manba

Turk klubi futbolchi uchun “SSKA”ga 7,5 mln yevro to‘laydi

1 daqiqa o‘qish22 770 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning “Bashakshehir” klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda futbolchiga yaqin manba “Daryo”ga ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “armiyachilar” hamda istanbulliklar Fayzullayev borasida kelishuvga erishgan.

Foto: Championat

Futbolchi yaqin kunlarda Turkiyaga uchib boradi hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, “Bashakshehir” bilan shartnoma imzolaydi. Turk klubi Fayzullayev uchun 7,5 million yevro to‘laydi. Biroq futbolchi Istanbul jamoasi bilan necha yillik bitim imzolashi ma’lum emas.

“SSKA” bugun Rossiya Premyer Ligasi doirasida “Orenburg”ga qarshi maydonga tushadi. Fayzullayev ushbu bahs uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Fayzullayev “Bashakshehir” safidagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi. Avvalroq Istanbul klubi “Roma”dan Eldor Shomurodovni mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi.

Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev o‘tgan mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalar doirasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining “armiyachilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali uning narxini 8 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar