Daryo

Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar qo‘lga olindi

Ular tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda terroristik tashkilot materiallari tarqatilgan. Guruh aʼzolaridan biri xususiy universitet taʼsischisi ekani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish8 786 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan shahrida terrorchilik tashkiloti tarafdori bo‘lgan guruh fosh etilgan. Bu haqda 19-iyul kuni Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, guruh ijtimoiy tarmoqlar orqali islomiy davlat qurishni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Xususan, Telegram’da kanal va guruhlar ochib, “Islom davlati” terroristik tashkiloti materiallarini tarqatgan. Yoshlarni shariat hukmi asosida jihodiy ruhda ulg‘aytirish, O‘zbekistondagi siyosiy, ijtimoiy va diniy o‘zgarishlarga qarshi norozi kayfiyatda tarbiyalashga uringan.

“Kanallarda islomiy davlat yoki xalifalik asoslarini omma orasida targ‘ib qilishga qaratilgan postlar va diniy daʼvatlar joylashtirib kelingan”, deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, guruh aʼzolaridan biri Namangan shahrida joylashgan xususiy universitet taʼsischisi hisoblanadi.

Hozirda guruh tashkilotchisi va uch nafar faol aʼzosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Fosh etilgan jamoatning qolgan aʼzolariga nisbatan ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deya qayd etgan DXX axborot xizmati.

Avvalroq Qo‘qonda “Hizb ut-tahrir”ning yashirin guruhi a‘zolari qamoqqa olingandi.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar