Daryo

Ponomaryov: “Fayzullayevni arzon murabbo deb atash mumkin, lekin ‘chaqqon supurgi’ ta’rifi ko‘proq to‘g‘ri keladi. Turkiya chempionatini ko‘tara olmaydi”

“SSKA” klubining sobiq himoyachisi o‘zbekistonlik futbolchining Turkiyaning “Bashakshehir” klubiga o‘tishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

1 daqiqa o‘qish9 406 ko‘rishlar0 izoh0

“SSKA” klubining sobiq himoyachisi Vladimir Ponomaryov Abbosbek Fayzullayevning Turkiyaning “Bashakshehir” klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Foto: “Sovsport”
“Klub Fayzullayevni qo‘yib yuborsin. Turkiya chempionatini ko‘tara olmaydi, uning jussasi juda kichik. Oldin u o‘z jarima maydonidan raqibnikigacha yugurardi, dribling bilan yorib o‘tib, zarba bera olardi, hozir esa shon-shuhratga berilib ketgan. Hozirgi Fayzullayev – ‘chaqqon supurgi’, uning o‘yinida hech qanday qiziqarli jihati qolmadi. Yarim himoyachi sifatida nol darajada, bosh bilan ham o‘ynamaydi. Yevropa uchun yaroqsiz, Turkiyada esa faqat o‘rtamiyona jamoalar uchungina mos. Uni arzon murabbo deb atash mumkin, ammo ‘chaqqon supurgi’ undan-da yaxshi ta’rif”,  dedi Ponomaryov “Sovsport” muxbiri Nikita Vaxitovga bergan eksklyuziv intervyusida.

Abbosbek Fayzullayev yaqin orada “Bashakshehir”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Turkiya klubida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham to‘p suradi. 

Ma’lumot uchun, Fayzullayev 2023-yil yozidan beri “armiyachilar” safida o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u klub uchun 72 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar