Daryo

“O‘zbekiston terma jamoasi Argentina va Urugvay bilan o‘ynashi mumkin” — Rustam Ashurmatov

Himoyachi Rossiya nashriga intervyu berdi

1 daqiqa o‘qish5 669 ko‘rishlar0 izoh0

Qozonning “Rubin” klubi sobiq himoyachisi Rustam Ashurmatov Rossiyaning Championat nashriga intervyu berib, AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Foto: O‘FA

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi yig‘inda Argentina va Urugvay terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni maqsad qilgan:

Oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Lekin biz guruhdan chiqish va turnirda munosib ishtirok etish uchun harakat qilamiz. Ikki yil avval Meksika bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadik, Boliviyani 1:0 hisobida mag‘lub etdik va AQShga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdik. Ammo o‘yin borasida ulardan qolishmadik, deya olaman. Shunday ekan, guruhdan chiqa olamiz deb umid qilaman. Mundial oldidan Urugvay va Argentina terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari ham rejalashtirilgan. Bu esa bizga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi, — dedi Rustam Ashurmatov Championat nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Ashurmatov “Rubin”dan Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tdi. Tehronliklar himoyachi uchun Qozon klubiga 450 ming yevro to‘lagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar