Daryo

Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari BAAda tinchlik muzokaralarini o‘tkazmoqda

Ikki mamlakat o‘rtasida qariyb 40 yildan beri Tog‘li Qorabog‘ borasida ziddiyat mavjud edi

1 daqiqa o‘qish3 678 ko‘rishlar0 izoh0

Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Birlashgan Arab Amirliklarida 10-iyul kuni qariyb 40 yillik keskinlikdan so‘ng tinchlik muzokaralarini o‘tkazmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Turkiye Today

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Abu-Dabiga tashrif buyurgan. Ikki mamlakat mart oyida tinchlik loyihasiga kelishib olgan edi. Janubiy Kavkaz davlatlari 1980-yillarning oxiridan beri bir qator urushlar olib borgan. O‘sha yillarda Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ viloyati Armaniston yordami bilan mamlakatdan ajralib chiqqan edi.

Tinchlik muzokaralari 2023-yil sentyabr oyida Ozarbayjon Qorabog‘ni qaytarib olgandan so‘ng boshlangan. Bu esa hududdagi deyarli barcha 100 ming armanlarning Armanistonga ketishiga sabab bo‘lgan. Ammo bitimni imzolash muddati noma’lumligicha qolgan.

Foto: Al Jazeera

Kuchli harbiylashtirilgan 1000 kilometr chegara bo‘ylab o‘t ochish harakatlari kelishuv loyihasi e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay avj olgan. Biroq, so‘nggi paytlarda hech qanday qoidabuzarliklar qayd etilmayapti. Ta’kidlanishicha, Ozarbayjon Armanistonga mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni taklif etgan. Yerevan esa bu taklifni rad etgan. Ozarbayjon, shuningdek, Armaniston orqali o‘tadigan transport yo‘lagi barpo etishni ham rejalashtirgan.

Pashinyan va Aliyevning so‘nggi uchrashuvi may oyida Albaniyaning Tirana shahrida Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Shu hafta AQSH davlat kotibi Marko Rubio ham Kavkaz qo‘shnilari o‘rtasida tezroq tinchlik bitimi tuzilishiga umid bildirgandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar