Daryo

“Real” hujumchisining kelajagi borasida qaror qabul qildi

Yevropaning top darajadagi 10 ta klubi futbolchi uchun rasmiy taklif yuborgan

1 daqiqa o‘qish6 134 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi 21 yoshli hujumchi Gonsalo Garsiyani sotish yoki ijaraga berish niyatida emas. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Garsiyaning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlari ko‘plab top klublarning e’tiborini tortgan. Biroq “Real Madrid” rahbariyati futbolchini saqlab qolishga qat’iy qaror qilgan. Ammo klub bosh murabbiyi Xabi Alonso Garsiyaning o‘yinidan hayratda qolgan va hatto Kilian Mbappe sog‘lom bo‘lgan taqdirda ham uni asosiy tarkibda sinab ko‘rishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan Mbappe sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab bir necha uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Garsiya esa 5 ta uchrashuvda 5 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan jamoaning g‘alabalariga katta hissa qo‘shdi.

Yosh hujumchining yuqori darajadagi o‘yini ortidan unga Angliya, Italiya va Ispaniyaning turli klublari qiziqish bildirgan. El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, Garsiyaga 10 ta klub rasmiy taklif yuborgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Gonsalo Garsiyaning bozor qiymatini 8 million yevroga baholagan. Uning “Real” bilan tuzgan shartnomasida 50 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar