Daryo

O‘zbekistonda 9-iyul kuni havo harorati yana pasayadi

Toshkent shahrida 35-37 daraja bo‘lishi kutilmoqda

2 daqiqa o‘qish3 848 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” 9-iyul, chorshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra havo harorati seshanba kunga nisbatan pasayadi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

O‘tgan hafta respublika bo‘yicha kuzatilgan kuchli issiqdan so‘ng, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin pasaymoqda. Ish haftasining oxiriga kelib janubda harorat 37-40 darajani tashkil etishi kutilmoqda. 9—11-iyul kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning 5 ta viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar