Daryo

Erdo‘g‘on Trampdan G‘azo gumanitar yordam markazlarida aholiga o‘t ochish holatlarini to‘xtatish uchun yordam so‘radi

AQSH-Isroil hamkorligida tashkil etilgan markazlardan yordam olish uchun kelgan kamida 700 nafar g‘azolik o‘ldirilgan

1 daqiqa o‘qish4 652 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Donald Trampdan G‘azo insonparvarlik yordam markazlari atrofida sodir bo‘layotgan otishmalarni to‘xtatishda yordam so‘radi.

Oziq-ovqat 
Foto: Al-Jazira

Erdo‘g‘on amerikalik hamkasbi bilan bu haqda Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan NATO sammitida gaplashgan. 

“Men unga shunday dedim: Bu jarayonni eng yaxshi boshqara oladigan sizsiz. Odamlar, ayniqsa, oziq-ovqat navbatida turib o‘ldirilmoqda. Siz bu yerda aralashishingiz kerak,” deya qayd etgan Erdo‘g‘on.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida yordam markazlaridan oziq-ovqat olish uchun kelgan falastinliklar o‘qqa tutilishi natijasida 700 dan ortiq inson halok bo‘lgan.

G‘azoliklar uchun gumanitar yordam olish xavfli jarayonga aylanib qolgan
Foto: Tarmoqdan

Isroil mart oyidan boshlab G‘azoni to‘liq blokadaga oldi. Yahudiy davlati gumanitar yuklarni AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “G‘azo insonparvarlik jamg‘armasi” orqali yetkazishni boshladi. Biroq yordam olish uchun kelgan tinch aholi o‘qqa tutilmoqda. 

Isroil armiyasi o‘ziga yog‘dirilgan tanqidlarni rad etib, tinch aholi o‘limida HAMASni aybladi. Jamg‘arma esa tinch aholi halok bo‘lgani haqidagi faktlarni inkor etmoqda. 

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar