Daryo

Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

22 ta dron zararsizlantirilgan. 21 qavatli turar joy binosida yong‘in kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish6 169 ko‘rishlar0 izoh0

Ukrainaning Odessa shahrida qurbonlar soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda Odessa viloyati harbiy rahbari Oleg Kiperga tayanib Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu
“Odessada tungi dron zarbasi oqibatida 14 kishi jarohat oldi, ulardan 3 tasi bolalar. 6 nafar yarador shifoxonada qolmoqda, ulardan 3 nafari (shundan bir nafari bola) og‘ir ahvolda. Qolganlar ambulator davolanishda davom etmoqda”, dedi Kiper.

Ukraina harbiylariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari 22 ta dronni zararsizlantirgan: 21 tasi urib tushirilgan va bittasi yo‘q qilingan. Shuningdek, hujumning asosiy yo‘nalishi Odessa viloyati ekani aytilmoqda. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati Odessada 21 qavatli turar joy binosiga zarba berilgani haqida xabar bergan.

“Zarba natijasida 7, 8 va 9-qavatlarda yong‘in sodir bo‘lgan. Odamlar o‘z kvartiralarida qamalib qolgan”, deyiladi xabarda.

Odessa meri Gennadiy Truxanov er-xotinning o‘limi haqida ma’lumot bergan.

“Qutqaruvchilar hozirgina dron zarbasi oqibatida halok bo‘lgan er-xotinning jasadini topdi. Qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiraman”, dedi Truxanov.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar