Daryo

O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

23-iyunda ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish7 558 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” 23-iyun, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja, Ustyurtda 27-32 bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 39-44 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim joylarda kechasi va ertalab momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar