Daryo

Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi 

Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida chastota tushishlari kuzatildi

1 daqiqa o‘qish13 144 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Keltirilishicha, 19-iyun kuni soat 16:44 da Qozog‘iston Respublikasidagi “Ekibastuz” energetika uzelida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chgan.

Buning natijasida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatildi. Avariyaviy holatni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar kiritildi.

Soat 19:30 da 500 kVli elektr uzatish liniyasidagi nosozlik bartaraf etildi va iste’molchilar ta’minoti tiklandi.

17-iyun kuni Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar