Daryo

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Uning kuchi Andijon viloyati tumanlarida 2-3 balldan sezilgan

1 daqiqa o‘qish11 528 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘izistonda Toshkent vaqti bilan 08:11 da sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi.

Foto: Getty Images

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, yer silkinishi magnitudasi 4 ball, chuqurligi 10 kilometr bo‘lgan. Uning kuchi Andijon viloyatining quyidagi hududlarida sezilgan:

  • Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball;
  • Jalaquduq tumanida 2 ball;
  • Buloqboshi tumanida 2 ball.

Shu kuni soat 6:16 da episentri Toshkent viloyatida bo‘lgan zilzila qayd etilgandi. Uning kuchi Toshkent shahri va viloyatining qator hududlarida 2-3 balldan sezildi.

O‘zbekistonda so‘nggi marta zilzila 2025-yil 25-yanvarda qayd etilgandi. Episentri Buxoro viloyati Jondor tumanida bo‘lgan yer silkinishi kuchi Peshku va Qorako‘l tumanida 2 balldan sezilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar