Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi 5 kunlik pasayishdan so‘ng oshdi

Yevro ham keskin ko‘tarildi

1 daqiqa o‘qish16 444 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 59,23 so‘mga oshib, 12 705,79 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 243,07 so‘mga ko‘tarilib, 14 704,41 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 1,68 so‘mga pastlab, 159,20 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi 27,81 so‘mga pastlab, 12 646,56 so‘m bo‘lgandi.

Ushbu valyuta kursi ketma-ket besh kundan buyon pastlashda davom etgan. So‘nggi marta dollarning rasmiy kursi 2024-yilning sentyabrida 12 700 so‘mdan tushgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar