Daryo

O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Ikki davlat o‘rtasida TIV hamkorligi, energetika, standartlashtirish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hujjatlar imzolandi

1 daqiqa o‘qish3 434 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, xususan:

  • diplomatik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida;
  • qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
  • 2025—2026-yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
  • 2025—2026-yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi almashildi.

Hujjatlar almashinishidan lavhalar

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Slovakiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 8-iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. 9-iyun kuni uni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Tashrif doirasida Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar