Daryo

“Kurashishni to‘xtatdim va aybni boshqalardan qidirishni boshladim” — Eldor Shomurodov

O‘zbekistonlik hujumchi “Roma”dagi dastlabki yillarda yuz bergan qiyinchiliklar haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish6 189 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Roma” klubidagi murakkab davri va Klaudio Ranyeri qo‘l ostida yana o‘z o‘yinini topgani haqida gapirdi. Bu haqda Roma Press nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Shomurodov Rim klubiga kelgach, paydo bo‘lgan muammolarni  esladi.

“Roma”ga kelganimda Eden Jeko Rimdan ketmoqchi edi. O‘sha paytda tarkibdagi yagona hujumchi men edim va mavsum davomida asosiy tarkibda bo‘laman, deb o‘ylagandim. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, matbuotda Temmi Abrahamning jamoaga kelishi va uning asosiy hujumchi bo‘lishi haqida xabarlar chiqdi. Men bunga ishonmagan edim, chunki jismoniy holatim yaxshi va klub zaxirada saqlash uchun transfer qilmagan deb o‘yladim. Ammo bu sodir bo‘ldi. “Roma”da o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotdim, hatto atrofdagilardan xato izlay boshladim. Kurashishni to‘xtatdim va bu mening o‘yinimni yanada pasaytirib yubordi. Hozirda o‘zimni butunlay boshqa futbolchidek his qilyapman. Buning uchun Klaudio Ranyeridan juda minnatdorman, deydi Shomurodov. 

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov yakunlangan mavsum ancha samarali o‘ynadi. U “Roma” safida barcha musobaqalar doirasidagi 37 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 5 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar