Daryo

Xarkovga yirik dron hujumi uyushtirildi (video)

Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 60 kishi jarohatlangan

1 daqiqa o‘qish11 866 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga ulkan dron va bombardimonchi hujumi uyushtirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: BBC

Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi yaralangan. Shuningdek, Rossiyaning Ukraina janubidagi Xersonga bergan zarbalari oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan.

Xarkov meri Igor Terexovning aytishicha, 6-iyun kuni kechasi shaharga 48 ta dron, 2 ta raketa va 4 ta qanotli bomba tashlangan. 7-iyun kuni esa yana qanotli bombalar tashlangan.

Avvalroq Moskva 5-iyunga o‘tar kechasi Ukraina bo‘ylab dron va raketa hujumlarining ulkan to‘lqini “Kiyev rejimi tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik hujumlariga” javob bo‘lganini bildirgandi.

Xarkovda 6-iyun kuni kechasi taxminan 18 ta ko‘p qavatli uy va yana 13 ta uyga zarba berilgan. Jabrlanganlar orasida chaqaloq va 14 yoshli qiz ham bor, deya qo‘shimcha qilingan.

“Bitta fuqarolik sanoat obyektiga 40 ta dron, 1 ta raketa va 4 ta bomba bilan hujum qilindi. Vayronalar ostida hali ham odamlar bo‘lishi mumkin”, dedi Xarkov gubernatori Oleg Sinyegubov.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa ittifoqchilarni Moskvaga bosimni kuchaytirishga va Rossiyaning so‘nggi hujumlariga javoban “Ukrainani mustahkamlash uchun ko‘proq choralar” ko‘rishga chaqirgan.

5-iyunga o‘tar kechasi Rossiya mamlakatga 400 dan ortiq dron va 40 ga yaqin raketa bilan hujum qilganida Ukraina bo‘ylab 6 kishi halok bo‘lgan va 80 kishi yaralangandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar