Daryo

FIFA rahbari O‘zbekiston prezidentiga maktub yo‘lladi

Janni Infantino O‘zbekiston MTJga Jahon chempionatida muvaffaqiyat tiladi

1 daqiqa o‘qish9 425 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Janni Infantino prezidentni va butun O‘zbekiston xalqini munosib va tarixiy natija bilan tabrikladi.

O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo‘lib JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi. Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo‘lgan barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlari va qat’iy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo‘llayman, dedi FIFA rahbari.

Shuningdek, u prezidentga 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilab, Shavkat Mirziyoyev bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutishini bildirdi. futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026-yil 11-iyunda 19-iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar