Daryo

“Real” jamoadagi yana bir muammoni hal qilish arafasida turibdi

“Qirollik klubi” jamoaga chap qanot himoyachisi olib kelish ustida ishlamoqda

1 daqiqa o‘qish7 108 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyalik jurnalist Xosep Pedrerol El Chiringuito telekanali efirida Madridning “Real” klubi transferlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Foto: Real Madrid FC

Manbaga ko‘ra, “Real” Portugaliyaning “Benfika” klubida to‘p surayotgan chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras bilan shartnoma imzolagan. Madridliklar futbolchini Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga olib ketishni rejalashtirmoqda va shu sababli “Benfika”ga oz miqdorda tovon puli to‘laydi.

Madridliklar bu orqali himoya chizig‘idagi muammolarni bartaraf etmoqchi. Yakunlangan mavsum “qirollik klubi” himoyasida bir qator muammolar kuzatildi. David Alaba, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi va Dani Karvaxal jarohat olganligi sababli jamoaning muhim uchrashuvlarida maydonga tusha olmagan.

Shu bois “Real” yangi mavsum oldidan aynan ushbu chiziqni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Avvalroq klub “Bornmut”dan markaziy himoyachi Din Xeysenni xarid qildi, shuningdek, “Liverpul” safida to‘p surgan o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib oldi. Endi esa chap qanotdagi bo‘shliqni to‘ldirish ustida ish olib bormoqda. Manbaga ko‘ra, Alvaro Karreras bu pozitsiya uchun ideal nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

22 yoshli Karreras o‘tgan mavsumda “Benfika” tarkibida barcha musobaqalar doirasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 35 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar