Daryo

Xabi Alonso “Real” rahbariyatiga o‘z rejalarini ma’lum qildi

Klub rahbariyati mutaxassis taklif qilgan himoyachilarni sotib olish uchun 100 million yevro ajratmoqchi

1 daqiqa o‘qish14 626 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turgan Xabi Alonso ikki nafar himoyachi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bergan.

Foto
Foto: ESPN

Unga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Madrid klubi rahbariyatiga o‘zining transfer borasidagi rejalari haqida ma’lumot bergan. Alonso “Bornmut” futbolchisi Din Xeysen hamda “Benfika”ning chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni “qirollik klubi”ga olib kelishni istamoqda.

Manbada yozilishicha, “qaymoqranglilar” bu ikki futbolchining transferi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor. “Bornmut” “Real”dan Din Xeysenning shartnomasida ko‘rsatilgan 58 million yevrolik tovon pulini to‘lashni talab qilmoqda. Shuningdek, Karrerasning ham “Benfika” bilan shartnomasida 50 million yevro to‘lash shart, deyilgan band mavjud. Madridliklar ushbu summani to‘lashga tayyor, lekin hozircha boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Joriy mavsum Din Xeysen Angliya Premyer Ligasi hamda mamlakat kubogi doirasidagi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘ygan. Alvaro Karreras esa 48 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar