Daryo

AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

Oliy sud ijro hokimiyatining Jo Bayden ma’muriyati tomonidan joriy etilgan tegishli dasturni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qabul qilgan

1 daqiqa o‘qish6 642 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Oliy sudi prezident Donald Tramp ma’muriyatiga Venesuela, Gaiti, Kuba va Nikaraguadan kelgan 500 mingdan ortiq muhojirning Qo‘shma Shtatlar hududida qonuniy bo‘lish huquqini bekor qilishga ruxsat berdi. Bu haqda sud qarorida ma’lum qilindi.

Foto: Reuters

Ta’kidlanishicha, Oliy sud ijro hokimiyatining AQSHning 46-prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tomonidan joriy etilgan tegishli dasturni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qabul qilgan.

Ilgari quyi instansiya sudlari Vashingtonning Lotin Amerikasining to‘rtta davlatidan kelgan 532 ming muhojirga berilgan qonuniy maqomni bekor qilish harakatini rad etgan edi. Sudlar AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi har bir aniq holat bo‘yicha zarur tahlilni o‘tkazmagan, deb hisoblagan. Shu bilan birga, Oliy sud qarori boshqa davlatlar, jumladan Afg‘oniston va Ukraina fuqarolarining huquqiy maqomini o‘zgartirmaydi.

Venesuela, Gaiti, Kuba va Nikaraguadan kelgan muhojirlar AQSHga kirish uchun oldindan ariza topshirishlari va Qo‘shma Shtatlardagi kafil topishi sharti bilan ikki yilga ishlash uchun ruxsat olishlari mumkin edi. Bu dastur respublikachilar tomonidan keskin tanqid qilingan.

Oliy sud migratsiya masalasida ikkinchi marta Tramp tomonini olmoqda. Avvalroq quyi instansiya sudining ijro hokimiyatiga 300 mingga yaqin venesuelaliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishni taqiqlovchi qarori bekor qilingan edi.

Ilgari AQSH hokimiyati, shu jumladan ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem, migrantlar fuqarolik olish uchun kurashishiga asoslangan realiti-shou yaratish g‘oyasini ilgari surgan edi. Loyihaga ko‘ra, ishtirokchilar San-Fransisko yaqinidagi konlarda ishlash, NASAda raketa yig‘ish va uni kosmosga uchirishgacha bo‘lgan turli xil g‘ayrioddiy vazifalarni bajarishlari kerak bo‘lardi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar